Yerdan 4 600 yorug‘lik yili narida juda katta zichlikka ega bo‘lgan sharsimon materiya mavjud. U – bir zamonlar charaqlab yashab o‘tgan va allaqachon so‘ngan yulduzdan qolgan bor-yo‘q qoldiq narsa xolos aslida. Bunday jismlarni astronomlar neytron yulduz deyishadi. Bugungi kunga kelib shu narsa ayon bo‘lmoqdaki, o‘sha 4 600 yorug‘lik yili naridagi atigi 20 kilometr diametrga ega qoldiq – neytron yulduz – koinotdagi eng katta massali neytron yulduz ekan! Bu haqda Nature Astronomy jurnalida xabar qilingan.
Uning massasi bizning Quyosh massasidan 2,14 marta katta bo‘lib, bu fizika qonunlari bo‘yicha erishish mumkin bo‘lgan eng katta, chegaraviy massaga juda yaqindir.
Astronomiyada bu neytron yulduz J0740+6620 nomi bilan qayd etiladi va u o‘z o‘qi atrofini bir soniyada 289 marta aylanib chiqadi. Ya’ni bu yulduz pulsar hamdir. Yaqindagina olimlar uning massasini katta aniqlikda hisoblashdi va u Quyoshdan 2,14 marta og‘ir ekani ma’lum bo‘ldi. Shunga ko‘ra, endilikda J0740+6620 koinotdagi eng og‘ir neytron yulduz maqomiga ega bo‘ldi. Avvalgi eng og‘ir neytron yulduz massasi Quyosh massasidan 2,01 marta katta edi.
Ushbu pulsarni Green Bank va Arecibo radioteleskoplari to‘plagan ma’lumotlar orqali sinchiklab o‘rganildi. Ushbu rasadxonalar aynan shu kabi pulsarlarni kuzatish uchun maxsus ishga tushirilgan NANOGrav loyihasining tarkibiy bir qismidir.
Ushbu radioteleskoplar vositasida mazkur neytron yulduz kuzatilganda, olimlar radioto‘lqin ma’lumotlari kutilganidan ko‘ra biroz kechikayotganini payqab qoldi. Bunday kechikish fanda “Shapiro effekti” deyiladi, u mazkur effektni kashf qilgan astrofizik olim – Irvin Shapiro sharafiga nomlangan. Bu effekt kuzatilayotgan obyekt yaqinida yana bir qandaydir yirik massali obyekt aylanayotgani tufayli yuzaga keladi va o‘sha ikkinchi obyekt o‘z harakati bilan radioto‘lqinlar kechikishiga omil bo‘ladi.
Sinchiklab kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, haqiqatan ham ushbu neytron yulduz yaqinida yana bir oq mitti bor ekan va u ham juda katta shiddat bilan neytron yulduz atrofida aylanar ekan. Aynan ushbu kechikish vaqtini asos qilib olish bilan olimlar o‘sha oq mitti va neytron yulduz massasini hisoblashga muvaffaq bo‘ldi. Va, yuqorida aytilganidek, hisoblash natijalari J0740+6620 neytron yulduzlar orasida rekordchi ekanini ko‘rsatdi.
Qizig‘i shundaki, J0740+6620 fizika qonunlari yo‘l qo‘yadigan eng chegaraviy massaga ega neytron yulduzdir. Zero, yirik yulduzlar hayotining eng so‘nggi kunida, so‘nish arafasida portlaganda, koinotda o‘ta yangi chaqnashi ro‘y beradi va yulduz tirikligida massasi qanday bo‘lganiga qarab u yoki neytron yulduzga yoki qora tuynukka aylanadi. 2017-yilda olimlar ushbu massa chegarasini hisoblab ham chiqiqan edi. Agar yulduz massasi Quyosh massasidan 2,17 marta va undan kattaroq bo‘lsa, u albatta qora tuynukka aylanadi; undan kichik massa esa neytron yulduzni hosil qiladi. J0740+6620 esa 2,14 Quyosh massasi bilan bu chegaraga juda yaqin kelgan. Bunday katta massaga ega obyektlarda esa fizika g‘alati va g‘ayrioddiy xulosalarni taqdim etadi. Bu borada olimlar nazariy taxminlarga ham unchalik shoshilmaydi.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Saytimiz sizga yoqdimi?