Mikroto‘lqinli pech qarshisida turish zararli(mi)?
Mikroto‘lqinli pech allaqachon yaqin dastyorimizga aylanib ulgurgan. Ayniqsa, ofisda taomni bir zumda isitib beruvchi bu uskuna muzlatilgan yoki dudlangan yarim tayyor mahsulotlardan tortib, kecha choyxonada ortib qolgan oshni isitib yeyish uchun eng yaqin yordamchidir. Lekin hech o‘ylab ko‘rganmisiz, mikroto‘lqinli pechdan foydalanish qanchalik xavfsiz? Ishlayotgan mikroto‘lqinli pech qarshisida turish-chi?
Lo‘nda aytadigan bo‘lsak – ha, bu xavfsiz. Xavotir olmasangiz ham bo‘ladi.
AQShning oziq-ovqat va tibbiy mahsulotlar ustidan sanitar nazorati boshqarmasi (U.S. Food and Drug Administration) e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, mikroto‘lqinli pechdan foydalanish oqibatida odamga ziyon yetganlik holatlari deyarli yo‘q darajada kam ekan.
Mikroto‘lqinlar – tabiatda mavjud elektromagnit to‘lqinlarning bir turi bo‘lib, ular fazo bo‘ylab tarqaladigan energiya to‘lqinlaridir. Elektromagnit to‘lqinlar har xil bo‘ladi: radioto‘lqinlardan tortib, oddiy, biz ko‘ra oladigan yorug‘lik va rentgen nurlari ham elektromagnit to‘lqin hisoblanadi. Bu to‘lqinlarning xavfli va xavfsiz turlari bor va mikroto‘lqinlar aynan bexatar elektromagnit to‘lqinlar turkumiga kiradi. Xuddi radioto‘lqinlar singari, mikroto‘lqinlar ham ionlashmagan nurlanish bo‘lib, fizika tili bilan aytganda, bunday to‘lqin energiyasi atomdan elektronni urib chiqarish uchun yetarli emas. Demakki, bu to‘lqinlar hujayralarni va DNK zanjirini zararlamaydi. Rentgen nurlari va gamma-nurlar esa aynan shunday kuchga ega. Ya’ni bu to‘lqinlar qarshisida turgan odam hujayralaridagi atomlar zararlanadi.
Shunga qaramay, mikroto‘lqinlarni mutlaqo bezarar deb ham bo‘lmaydi. Chunki bunday to‘lqinlar suv molekulalarini titrashga majbur qiladi. Titrayotgan molekulalar esa bir-biriga ishqalanadi. Shu ishqalanish natijasida issiqlik hosil bo‘ladi va modda qiziydi.
Nazariy jihatdan, mikroto‘lqinlar taomni isitgani singari odam tanasidagi to‘qima va mushaklarni ham isitishi mumkin. Chunki tanamizda suv juda ko‘p. Agar mikroto‘lqinlar konsentratsiyasi yuqori bo‘lsa, bundan tanada kuyish va katarakta kelib chiqishi ehtimoli yo‘q emas. Lekin amaliyotda bunday jarohatlar juda kam uchraydi va shunda ham ular, asosan, mikroto‘lqinli pechdan noto‘g‘ri foydalanish natijasida, juda ko‘p miqdorda radiatsiya yutilishidan kelib chiqadi. Zamonaviy mikroto‘lqinli pechlar tashqariga ta’sir qilmaydigan va to‘lqin faqat ichkariga joylangan taomga yo‘naladigan qilib ishlanmoqda. Agar mikroto‘lqinli pechning og‘zi ochiq qoldirilmasa, undan kishiga ziyon yetishi imkonsizdir. Shuningdek, mikroto‘lqinli pech korpusida yoriqlar paydo bo‘lgan bo‘lsa ham, albatta to‘lqinlar tashqariga tarqaladi va uzoq muddat odamga ta’sir ko‘rsatsa, zarar yetkazishi mumkin.
Mikroto‘lqinli pech ishlab chiqaruvchilar oldiga qator xavfsizlik talablari qo‘yilgan va ular qat’iy qoidalar asosida sertifikatlanadi. Masalan, barcha zamonaviy mikroto‘lqinli pechlarga eshik ochiq qoldirilganini aniqlab beruvchi datchiklar o‘rnatiladi va agar datchik eshik ochiqligini sezsa, to‘lqin generatorining ishga tushishiga yo‘l qo‘ymaydi. Qolaversa, bunday pechlarda to‘lqinlarni o‘zaro neytrallash (blokirovka qilish) vazifasini bajaruvchi, bir-biridan mustaqil ikkita yopiq sistema qo‘llaniladi. Agar ushbu tizimlardan biri ishdan chiqsa, mikroto‘lqinli pech elektron platasiga o‘rnatilgan maxsus mantiqiy operatsiyalar ishga tushadi va pechni umuman ishlamaydigan qilib qo‘yadi.
Demoqchimizki, mikroto‘lqinli pechdan foydalanishda qo‘rqmaslik kerak. Va, albatta, xavfsizlik qoidalariga amal qilish darkor. Xususan, doim uning eshigini zich yopish, nosozlik yuzaga kelganda undan foydalanmaslik kerak. Sotib olayotganda ham mikroto‘lqinli pechning arzon, lekin sifati shubhali bo‘lgan modellaridan emas, balki sifatiga kafolat beradigan va xavfsizlik sertifikatlarini ochiq ko‘rsatadigan firma do‘konlaridan olishni tavsiya qilamiz. Har holda, salomatlikka taalluqli xarid bo‘lgan uchun ham bu borada erinmaslik kerakскачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Qanday brauzerdan foydalanasiz?