Bu galgi ro‘yxatda sizni Samsung flagmanlarining Lite-talqinlari, himoyalangan Galaxy Xcover Pro va Realme gadjetlari kutmoqda.
Samsung Galaxy S10 Lite
Displey: Super AMOLED Plus, 6,7 dyuym, 2 400 × 1 080 piksel. Protsessor: Snapdragon 855. Kamera: asosiy — 48 Mp (bosh) + 12 Mp (ultra keng burchakli) + 5 Mp (ajratilgan makrokamera); frontal — 32 Mp. Xotira: 6/8 GB tezkor, 128 GB ichki, microSD kartasi uchun tirqich. Akkumulyator: 4 500 mA·s. Tizim: Android 10.0 (One UI 2). Samsung’ning yangi smartfoni, nomidan kelib chiqadigan bo‘lsak, Galaxy S10’ning nisbatan arzonroq muqobili sifatida ishlab chiqarilgan. Gadjet markazda old kamera uchun teshikka ega bo‘lgan ulkan hoshiyasiz ekranli bo‘ldi. Displey egiluvchi, matritsa Super AMOLED Plus.
Uskunaning uchtalik orqa kamerasi qora rang bilan ajratilgan, bo‘rtiq blokda joylashgan. Barmoq izi skaneri ekranga birlashtirilgan.
Galaxy S10 Lite uchun 700 AQSh dollari atrofida narx belgilangan.
Samsung Galaxy Note 10 Lite
Displey: Super AMOLED, 6,7 dyuym, 2 400 × 1 080 piksel. Protsessor: Exynos 9810. Kamera: asosiy — 12 Mp (bosh) + 12 Mp (teleobektiv) + 12 Mp (ultra keng burchakli); frontal — 32 Mp. Xotira: 6/8 GB tezkor, 128 GB ichki, microSD kartasi uchun tirqich. Akkumulyator: 4 500 mA·s. Tizim: Android 10.0 (One UI 2) Ushbu gadjet esa haqiqatan ham qimmatbaho Samsung Galaxy Note 10 o‘rnini egallovchi hamyonbop o‘rindosh vazifasini bajarishi kerak. Qurilma Galaxy S10 Lite’ga juda o‘xshaydi, egri Super AMOLED Plus o‘rniga klassik usuldagi Super AMOLED ishlatilgan, xolos. Xotira va akkumulyator, shuningdek ekran o‘lchami ham S10 Lite’niki bilan bir xil. Old kamera ekranning yuqori qismidagi yumaloq teshikka o‘rnatiladi.
Bundagi farq birinchi navbatda protsessor va kamerada seziladi. Samsung Galaxy Note 10 Lite Exynos 9810 chipi bilan jihozlangan. Kamera 12 Mp’li 3ta moduldan tashkil topgan: bosh, keng burchakli va ikki karra optik yaqinlashtiruvchi teleobektiv. Note 10 Lite’ning asosiy afzalligi — Bluetooth LE orqali ishga tushuvchi, rasm chizish, yozish va kamerani boshqarish imkonini beruvchi S Pen stilusidir.
Galaxy Note 10 Lite uchun 625 AQSh dollari narxi belgilangan.
Samsung Galaxy Xcover Pro Displey: IPS LCD, 6,3 dyuym, 2 340 × 1 080 piksel. Protsessor: Exynos 9611. Kamera: asosiy — 25 Mp (bosh) + 8 Mp (ultra keng burchakli); frontal — 13 Mp. Xotira: 4 GB tezkor, 64 GB ichki, microSD kartasi uchun tirqich. Akkumulyator: 4 050 mA·s. Tizim: Android 10.0 (One UI 2). Galaxy Xcover Pro smartfoni IP68 standartlariga muvofiq namdan himoyalangan, uning qobig‘i yasalgan rezina aralashtirilgan mustahkam polimer esa vibratsiya, zarb va tushishlarga dosh bera oladi. Gadjet MIL-STD-810G harbiy standartlariga mos keladi.
Old kamera ekranning chap yuqori burchagidagi tirqichga joylashtirilgan. Akkumulyator ajraladi. Bevosita to‘lovlar uchun NFC mavjud. Bahosi 499 yevro. Cat S32 Displey: IPS LCD, 5,5 dyuym, 1 440 × 720 piksel. Protsessor: Mediatek Helio A20. Kamera: asosiy — 13 Mp; frontal — 5 Mp. Xotira: 3 GB tezkor, 32 GB ichki, microSD karta uchun tirqich. Akkumulyator: 4 200 mA·s. Tizim: Android 10.0. Asosan o‘zining og‘ir texnikasi bilan mashhur Cat kompaniyasi himoyalangan yangi Cat S32 smartfonini taqdim etdi. Gadjet kichik hajmi bilan ajralib turadi: ekran diagonali 5,5 dyumni tashkil etadi. Displey hatto nam qo‘llar va qo‘lqop tegishini seza oladi.
Gadjet IP68 standartiga muvofiq suv va changdan himoyalangan, korpus chidamliligi esa MIL SPEC 810G harbiy standartlariga mos keladi. Unchalik ham kuchli bo‘lmagan protsessori tufayli Cat S32 akkumulyatorning bir quvvat olishida kamida 2 kungacha avtonomlikni saqlay oladi.
Qurilma 299 yevrodan sotilmoqda. Realme X50 5G
Displey: IPS LCD, 6,57 dyuym, 2 400 × 1 080 piksel. Protsessor: Snapdragon 765G. Kamera: asosiy — 64 Mp (bosh) + 12 Mp (teleobektiv) + 8 Mp (ultra keng burchakli) + 2 Mp (alohida makrokamera); frontal — 16 Mp (bosh) + 8 Mp (ultra keng burchakli). Xotira: 6/8/12 GB tezkor, 129/256 GB ichki. Akkumulyator: 4 200 mA·s. Tizim: Android 10.0 (ColorOS 7). Realme’ning chiroyli ko‘rinishdagi smartfoni 5G’ni qo‘llab-quvvatlashi, katta hajmli operativ xotirasi, Qualcomm’dan yangi protsessor va 120Gs chastota yangilanishli ekrani bilan maqtana oladi.
Ikkilangan frontal kamera displeyning chap yuqori burchagidan joy olgan. Lekin ekran osti barmoq izi skaneri hisobga olinmagan. Buning o‘rniga u yoqish tugmachasiga o‘rnatilgan. Tez quvvat olishni ta'minlovchi VOOC Flash Charge 4.0 bor. Quyida Realme X50 5G narxlari:
Displey: IPS LCD, 6,52 dyuym, 1 600 × 720 piksel. Protsessor: Snapdragon 665. Kamera: asosiy — 12 Mp (bosh) + 8 Mp (ultra keng burchakli) + 2 Mp (alohida makrokamera) + 2 Mp (chuqurlik datchigi); frontal — 8 Mp. Xotira: 3/4 GB tezkor, 32/64 GB ichki. Akkumulyator: 5 000 mA·s. Tizim: Android 9.0 Pie (ColorOS 6). U Realme 5’ning nisbatan budjet turidagi talqini. Uskuna o‘rtamiyona Snapdragon 665 protsessori va 3 yoki 4 GB operativ xotira, tomchisimon kesimli HD+ displey va 5 000 mA·s hajmli akkumulyator bilan jihozlangan.
Hamyonbop smartfon o‘zining naq 4ta moduldan (narxiga nisbatan yomon emas) tashkil topgan kamerasi bilan ajralib turadi. Realme 5i uchun 160 AQSh dollari talab etiladi.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Erkak xonandalardan qaysilari yoqadi?