2018 yil 1-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani “Shabboz” dehqon bozorida soat ertalabki 6.30-7.00 lar atrofida noxush holat sodir etilgan. Ayni yuqorida ko‘rsatilgan vaqtda “Shabboz” dehqon bozorida Beruniy tumani fuqarosi bo‘lgan shaxs shu bozorda turib savdo qiluvchi sotuvchining sumkasini olib qochadi. Buni ko‘rib qolgan fuqarolardan bir nechtasi o‘g‘irlik sodir qilishda gumonlanayotgan shaxsni quvib tutib oladilar. Fuqarolar o‘zlari o‘zboshimchalik bilan “esini kiritib qo‘yish” maqsadida uni jazolamoqchi bo‘ladilar va ikkala qo‘liga ip bog‘lab, bozor darvozasiga bog‘laydilar. Gumondor shu holatda 4-5 minut darvozaga osilgancha turadi.
Voqeadan xabar topgan “Shabboz” dehqon bozori xodimlari kelib, jabrlanuvchini yechib oladilar va shundan so‘ng tezlik bilan Beruniy tumani ichki ishlar bo‘limiga xabar beradilar. Ichki ishlar bo‘limi xodimlari guruhi zudlik bilan yetib keladi va gumondor shaxsni hamda uni jazolamoqchi bo‘lib, qonunga zid hatti-harakatlar sodir etgan fuqarolarni Beruniy tumani ichki ishlar bo‘limiga olib ketadilar. Bozor rahbariyati va ichki ishlar xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan suhbatlashganimizda ular yuqoridagilarni bayon etdilar.
Hozir bu bo‘yicha surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda. Ushbu noxush holat bir necha fuqaroning o‘zboshimchaligi, huquqiy madaniyatining yetishmasligi natijasida ro‘y bergan.
Bizning mamlakatimizda inson huquqlari hamisha Qonun himoyasida, xuddi shuningdek, sodir qilingan jinoyat uchun ham Qonun oldida javobgardir. Sodir etilgan huquqbuzarlik yoki jinoyat uchun faqatgina tegishli tartibda, adolat mezoni bo‘lgan qonun oldida javob beriladi. Bu holat yuzasidan tergov ishlari xuddi shu nuqtai-nazardan olib borilmoqda.
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Saytimiz sizga yoqdimi?