23-oktabrdan O'zbekistonda benzin narxi ko'tarildi
23 oktabr soat 0:00dan e`tiboran barcha turdagi avtobenzin chakana narxlari O'zbekiston bo'yicha bir xil etib belgilandi. Bu haqda «O'zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi ma`lum qildi, deb xabar bermoqda Kun nashri.
Endilikda yoqilg'ining yangi bahosi avvalgisidan taxminan 35 foizga yuqori bo'ldi.
Kompaniya saytida joylashtirilgan xabarda, jumladan, shunday deyiladi:
«So'nggi vaqtda mamlakatimiz aholisining O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual pochtasi orqali, shuningdek kompaniyamiz, Respublikamizning rahbar, nazorat hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralari nomiga kelib tushgan murojaatlarida avtobenzin ta`minotida bo'layotgan uzilishlar, shu jumladan, ba`zi avtomobillarga yonilg'i quyish shoxobchalarida avtobenzinning ustama narx bilan sotilayotganligi, avtobenzin olish uchun uzundan-uzoq navbatda turishga to'g'ri kelayotganligi, Toshkent shahridagi aksariyat AYoQShlarda Ai-80 rusumli avtobenzinning 2 075 so'm, viloyatlarda esa asosan tijorat narxida, ya`ni 3 000 so'mdan sotilayotganligi, avtobenzinning ayrim nopok kimsalar tomonidan Toshkent shahridagi AYoQShlardan turli yo'llar bilan olib borib, boshqa viloyatlar aholisiga 3 000 so'mdan 5 000 so'mgacha bo'lgan chayqov narxida sotilayotganligi haqidagi o'rinli e`tirozlarini inobatga olib hamda bundan buyon mazkur qonunga hilof holatlarga uzil-kesil barham berish maqsadida 2016 yil 23 oktabrdan barcha turdagi avtobenzin chakana narxlari Respublika bo'yicha bir xil etib belgilandi».
«O'zbekneftgaz» mutasaddilari fuqarolardan avtobenzin narxiga ustama qo'yib sotilayotganligi yoxud boshqa noxush holatlar haqida «O'zneftmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi, «O'zdavneftgazinspeksiya»ning viloyat boshqarmalari, joylardagi tegishli huquqni muhofaza qilish organlari va neft bazalarning ishonch telefonlariga xabar qilishni so'ragan.
Eslatib o'tamiz, avtobenzin narxlari oxirgi marta 2016 yilning 1 yanvarida oshirilgan edi. O'shanda avtomobil yoqilg'isi uchun olinadigan soliq miqdori 290 so'mdan 335 so'mga ko'tarilgani sababli, benzin narxi ham 45 so'mga qimmatlagandi. Ya`ni Ai-80 benzinining bir litri narxi 2075 so'm (avvalgi narxi 2030 so'm), Ai-91’niki esa 2280 so'm (avvalgi narxi 2235 so'm) qilib belgilangandi. Shuningdek, suyultirilgan gaz iste`moli uchun soliq miqdori 30 so'mga, siqilgan gaz uchun 35 so'mga oshgandi.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Erkak xonandalardan qaysilari yoqadi?