Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti – IKAO tomonidan ta’sis qilingan bayram sanasi 1994-yildan buyon butun dunyoda keng nishonlanib kelinadi. Sana o‘sha yili IKAO ta’sis etilganining 50 yillik tantanalari asnosida belgilangan. 1996-yildan e’tiboran sanani BMT ham tan olgan va alohida rezolyutsiya orqali xalqaro bayram kuni sifatida e’tirof etgan.
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni bayramini nishonlashdan maqsad keng jamoatchilikka sohadagi yutuqlar haqida axborot berish, turli qit’a, mamlakat va madaniyatlarni o‘zaro bog‘lashda xalqaro fuqaro aviatsiyasi ahamiyatini ko‘rsatish hamda aviatsiyaning zamonaviy global transport tarmog‘idagi inkor qilib bo‘lmas yetakchi ahamiyatiga urg‘u berishdir.
Haqiqatan ham, fuqaro aviatsiyasi butun boshli qit’alarni birlashtiruvchi, insonlarning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qiluvchi eng muhim transport tarmog‘idir. U tufayli biz bugun avvalgi zamonlarda haftalab va balki oylab safar orqali yetib borilgan manzil-makonlarga sanoqli soatlarda yetib bormoqdamiz. Shu jihatdan fuqaro aviatsiyasi butun bashariyatga juda katta xizmat qilayotgan o‘ta muhim ijtimoiy, iqtisodiy va gumanitar ahamiyatga ega sohadir.
O‘tgan 2018-yil mobaynida xalqaro muntazam qatnovlar orqali 4,3 milliard nafar yo‘lovchi manzilga eltib qo‘yilgan. Bu undan avvalgi yilga nisbatan 6,1 foizga ko‘p demakdir. Umuman olganda, fuqaro aviatsiyasida bunday yillik o‘sish salmog‘i ancha yildan buyon saqlanib kelmoqda va 2019-yil yakunlari bo‘yicha ham bundan kam bo‘lmasligi kutilmoqda. Yillik aviaqatnovlarning umumiy soni esa 38 millionga yetgan. Fuqaro aviatsiyasi sohasi samolyotlarining umumiy parvoz masofasi 8,2 trillion kilometrni tashkil qilgan.
Bo‘sh vaqtingiz bo‘lsa, qiziqish yuzasidan “Flightradar.com” saytiga tashrif buyursangiz, butun Yer shari bo‘yicha ayni damda parvozda bo‘lgan samolyotlar sonini ko‘rib hayratga tushasiz. Butun dunyo bo‘yicha turli mamlakatlarga sayohat qilayotgan turistlarning 1,4 milliard nafari aynan aviaqatnovlar orqali safar qiladi. Bu raqamlarning o‘ziyoq zamonaviy dunyoda fuqaro aviatsiyasi nechog‘lik muhim ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Erkak xonandalardan qaysilari yoqadi?